Karen Gafurjanov - Men seni qanday sevardim
Клип на песню
Текст песни
Qanday nurli edi ishq bahorimiz,
Osmondan yulduzlar to’kilar edi.
Ayt, qachon tugadi baxt, alyorimiz?
Ayt, nechun yuraklar anduhga to’ldi?Xayol daryosida mavjlanib oqdim,
Turmushni peshladim, dedim: kasbi-kor.
Sendan uzoqlashib, qayda uloqdim?
Muhabbatdan aziz aytgin, nima bor?Men seni, men seni qanday sevardim,
Qanday muhabbatga oshno edi dil.
Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko’ksim aro yuragim chil-chil.Olis-olis ketdik bir-birmizdan,
O’rtada yetimdek bo’zlaydi sevgi.
Nahot, endi ayanch taqdirimizdan
Faqat armonlarni eslaydi sevgi?Ko’kka bo’y cho’zadi faryodu-ohim,
Eslasam, o’t bo’lgan bag’rim tig’layman.
Sening zavolingda mening gunohim,
Kechirgaymi aybim Xudo, bilmayman.Men seni, men seni qanday sevardim,
Qanday muhabbatga oshno edi dil.
Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko’ksim aro yuragim chil-chil. (x1+x1)Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko’ksim aro yuragim chil-chil.

Другие песни Karen Gafurjanov
Новые песни